«orzudagi toshkent» tegli maqolalar


Yoritish bosh rejasi. Toshkent yorug‘lik ifloslanishidan qanday xalos bo‘lishi mumkin?
19 mart 2024, 09:30

Yoritish bosh rejasi. Toshkent yorug‘lik ifloslanishidan qanday xalos bo‘lishi mumkin?

Miltillovchi ekran, girlyanda va chiroqlar Toshkentda “yorug‘lik xaosi"ni keltirib chiqarmoqda. Bu energiya iste’molini oshiradi, hayot sifati va ekologiyani yomonlashtiradi. “Gazeta.uz” mutaxassislar bilan suhbatlashib, yorug‘lik dizayni nima ekani va tungi Toshkentni qanday maftunkor qilish mumkinligiga qiziqdi.

Transport vazirligining Loyiha byurosi Toshkentning Beshqayrag‘och ko‘chasidagi transport muammolariga yechim taklif qildi
30 noyabr 2023, 19:11

Transport vazirligining Loyiha byurosi Toshkentning Beshqayrag‘och ko‘chasidagi transport muammolariga yechim taklif qildi

Toshkent transport tizimini rivojlantirish loyiha byurosi Beshqayrag‘och, Ko‘kcha Darvoza va Qoratosh ko‘chalaridagi transport muammolariga yechim taklif qildi. Maqsad — nizoli vaziyatlarni kamaytirish, piyodalar xavfsizligini oshirish va jamoat transportiga ustuvorlik berish. Loyiha tafsilotlari — “Gazeta.uz"da.

“Odamlarga baxt uchun do‘stona shahar muhiti kerak”. Parlament muhokamasidan reportaj
21 noyabr 2023, 12:21

“Odamlarga baxt uchun do‘stona shahar muhiti kerak”. Parlament muhokamasidan reportaj

Parlamentda turli idora vakillari ishtirokida poytaxtdagi tirbandliklar, jamoat transportini rivojlantirish, shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish va boshqa masalalar muhokama qilindi. Muhokamada so‘z olganlar, jumladan, jurnalistimiz, ekolog va shaharshunos nimalar haqida so‘z yuritgani — “Gazeta.uz” reportajida.

Cho‘milish taqiqlanadi. Qanday qilib Toshkent shahar plyajlarisiz qoldi?
3 iyun 2022, 13:00

Cho‘milish taqiqlanadi. Qanday qilib Toshkent shahar plyajlarisiz qoldi?

Jazirama yoz kunlari ochiq suv havzalarida cho‘milishning paytiligiga qaramay, so‘nggi yillarda Toshkentda fuqarolar uchun birorta ham suv havzasi barpo etilmadi, borlari ham yo‘q qilindi. XX asr shaharsozlari qanday qilib Toshkent iqlimiga mos obyektlar qurgan va nima uchun suv havzalarini qaytarish kerak?

Do‘stlik bog‘i uchun kurash. Hokimiyat va fuqarolar o‘zaro til topishish uchun nimalar qilmoqda?
18 yanvar 2022, 18:30

Do‘stlik bog‘i uchun kurash. Hokimiyat va fuqarolar o‘zaro til topishish uchun nimalar qilmoqda?

Bir necha yillik qarovsizlikdan so‘ng oktabr oyida Do‘stlik bog‘i qaytadan ochildi, biroq unda ko‘plab kamchiliklar mavjudligi ko‘rinib qoldi. Ko‘ngillilar bog‘da shikastlangan daraxtlar borligidan shikoyat qilmoqda va bog‘ni rivojlantirish uchun investor topishmoqchi. Hokimlik bog‘ni xalqqa qoldirish va’dasini bajarishga intilmoqda. Ko‘ngillilar qanday bog‘ni ko‘rishni xohlaydilar, tuman hokimi bu haqda qanday fikrda va pudratchilar qanday xatolarga yo‘l qo‘yganligiga “Gazeta.uz” muxbiri Sabina Bakayeva aniqlik kiritdi.

Toshkent — to‘siqlar shahri
6 mart 2021, 11:30

Toshkent — to‘siqlar shahri

Imkoniyat bo‘lishi bilan hamma joyni to‘siq bilan o‘rab olishni yaxshi ko‘ramiz. O‘rab qo‘yilgan universitetlar bizga mamlakatda oliy ma’lumot, tibbiyot muassasalari — ularning xizmatlari, davlat idoralari — amaldorlarning odamlarga naqadar yaqinligiga ishora qiladi. To‘siqlar “o‘zimiznikilar"ni “begonalar"dan ajratib turadi. Nima uchun ular bunchalik ko‘p, ularga muqobil yechim bormi va ularni qayerlarda qoldirish mumkin — dizayner Azamat Shamuzafarov maqolasida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting